BIZ KELAJAKNI QURAMIZ, VIJDONAN, BIRGALIKDA
Asklepiy
Qadrli doʻstlar!
Bizning asosiy maqsadimiz – aholi salomatligi va baxtiyorligini oshirish orqali oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi yaxshilash.
Faoliyatimiz davomida hamkorlarimiz bizning doʻstlarimizga aylandi, zero qadriyatlarimiz nafaqat biznes qoidalariga, balki hayot tarzimizga ham asos boʻlgan.
Oʻzaro hamkorligimiz qulay, maqbul va samarali boʻlishi uchun qoʻlimizdan kelganicha harakat qilamiz.
Said Talibov
Direktor

Biz haqimizda
Biz, ASKLEPIY Distribution – Oʻzbekiston Respublikasida farmatsevtika sohasidagi ilk vositachilardan birimiz. Korxonamiz ASKLEPIY Group’ning bir qismi boʻlib, katta assortimentdagi farmatsevtika va parafarmatsevtika vositalarini ishlab chiqaruvchilardan dorixonalarga tez va sifatli yetkazib berish bilan shugʻullanamiz.
Biz faoliyatni avtomatlashtirish va IT-yechimlar topish borasida innovatormiz.
Missiya
Biz mijozlarimizning mahsulot qamrovi, aylanmasi, bozordagi hajmi va ulushi borasidagi ehtiyojlarini qondirishga intilamiz. Bunda biz tez va sifatli xizmat koʻrsatish, katta assortimentdagi farmatsevtika va parafarmatsevtika vositalarini yetkazib berishda eng yaxshi IT-yechimlarni qoʻllashga urgʻu beramiz.
Qarashlar
Biz, ASKLEPIY Distribution – Oʻzbekiston Respublikasida farmatsevtika sohasidagi ilk vositachilardan birimiz. Katta assortimentdagi farmatsevtika va parafarmatsevtika vositalarini ishlab chiqaruvchilardan dorixonalarga tez va sifatli yetkazib berish bilan shugʻullanamiz. Biz faoliyatni avtomatlashtirish va IT-yechimlar topish borasida innovatormiz.
Yaqin kelajakda Oʻzbekistondagi №1 yetkazib beruvchiga aylanamiz.
Ishonamizki, zimmamizdagi vazifalarni chin yurakdan bajarish orqali yurtimiz aholi salomatligi va oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini yaxshilashga oʻz hissamizni qoʻsha olamiz.
Qadriyatlar
Inson – ong, qalb va tananing hamohang rivojlanishi;
Birdamlik – jamiyat, tabiat va oʻzingiz bilan ochiq hamkorlikda boʻlish;
Ijodkorlik – foydali narsa yaratishga intilish;
Bagʻrikenglik – xilma-xillikni qabul qilish;
Innovatsiya – yangi imkoniyatlarni kashf etish;
Masʼuliyat – natija uchun javob berish.
Bizning jamoa
Oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishish va korxona qadriyatlarini har bir kishiga yetkazish yoʻlida 700 dan oshiq kishi birgalikda ish olib bormoqda.
ASKLEPIY Distributionʼdagi hayot
Shunchaki ishchi emas, doʻstdan-da yaqinroq.
Hamkorlarimiz
Biz farmatsevtika sohasidagi dunyo yetakchilari bilan aloqa oʻrnatganmiz. Hozirda 400 dan ortiq hamkorlar bilan ish olib bormoqdamiz.
